locale OZ

Emeri — APLda dekabr oyining eng yaxshi murabbiyi

Ispaniyalik mutaxassis jamoasi oʻtgan oyda 6 ta oʻyinda 5 bor gʻalaba qozondi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Emeri — APLda dekabr oyining eng yaxshi murabbiyi
ФОТО: Getty images

«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri APLning dekabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Birmingemliklar 2025 yilning soʻnggi oyida APLda oltita oʻyinda 5 ta gʻalaba va 1 magʻlubiyat qayd etdi.

Ispaniyalik mutaxassis sovrin uchun kurashda Mikel Arteta («Arsenal»), Pep Gvardiola («Manchester Siti») va Daniel Farke («Lids») kabi murabbiylarni ortda qoldirdi.

«Aston Villa» hozirda APL turnir jadvalida 21 oʻyinda 43 ochko jamgʻarib, 3-oʻrinda bormoqda.

Emeri uchinchi marta APLda oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. U 2023 yilning aprel va dekabr oylarida u bu sovrinni qoʻlga kiritgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting