Embologa Angliya, Italiya va MLS klublari qiziqmoqda
“Renn” Emboloni taxminan 15 million yevro evaziga sotishga tayyor.
ФОТО: Getty images
“Renn” va Shveytsariya terma jamoasi hujumchisi Bril Embolo bir qator klublar diqqat markaziga tushdi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, AQShning “Atlanta Yunayted” klubi Embologa jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Angliyaning “Hall Siti” va “Ipsvich Taun” klublari hamda Italiya A seriyasining bir nechta jamoasi futbolchining transfer imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Xabar qilinishicha, “Renn” Emboloni taxminan 15 million yevro evaziga sotishga tayyor.
29 yoshli hujumchi 2025/26 yilgi Liga 1 mavsumida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist