Elliott «Lids»ga o‘tishga tayyor
"Liverpul" Elliott uchun taxminan 30 million yevro talab qilmoqda.
ФОТО: Getty images
"Liverpul"ning 23 yoshli yarim himoyachisi Harvi Elliott "Lids Yunayted"ga o‘tishga tayyor, deb xabar bermoqda Football Insider.
Manbaga ko‘ra, "qizillar" bosh murabbiyi Arne Slot yarim himoyachining jamoani tark etishiga rozilik bergan, "Lids" esa futbolchiga muntazam o‘yin amaliyotini taklif qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, "Liverpul" Elliott uchun taxminan 30 million yevro talab qilmoqda. Bundan tashqari, manbaning xabar berishicha, Harvining xizmatlariga Angliya Premyer-ligasi va Germaniya Bundesligasining ayrim klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Elliott o‘tgan mavsumni ijara asosida "Aston Villa"da o‘tkazdi. Yarim himoyachining "Liverpul" bilan shartnomasi 2027 yil iyun oxirigacha amal qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist