Elliot uchun yana bir da’vogar paydo bo‘ldi
Photo: Getty Images
“Kristal Pelas” klubi “Liverpul” yarim himoyachisi Xarvi Elliotni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
The Athletic xabariga ko‘ra, "burgutlar" yoz oxirigacha "qizillar"ga taklif yuboradi. Mersisaydliklar esa o‘z navbatida 22 yoshli ingliz uchun kamida 40 million funt olmoqchi.
Shuningdek, agar tomonlar kelisha olsa, Mark Gehi va Xarvi Elliot almashinuvi ham amalga oshishi mumkin.
Avvalroq “Tottenhem” klubi ham Elliotning xizmatiga jiddiy qiziqish bildirayotgandi.
Bahrom Bobonov
Redaktor