locale OZ

Elliot MLSga yo‘l olishi mumkin

Uning birmingemliklardagi faoliyati muvaffaqiyatsiz chiqdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Elliot MLSga yo‘l olishi mumkin
ФОТО: Getty images

“Aston Villa”da ijarada o‘ynayotgan “Liverpul” yarim himoyachisi Harvey Elliot faoliyatini AQShda davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrizio Romano yozib qoldirgan.

Manbada keltirilishicha, 22 yoshli ingliz futbolchisiga MLS vakili “Sharlott” klubi taklif tayyorlamoqda.

Elliot “Aston Villa”da kutilgan natijani bermagach, yanvarda “Liverpul”ga qaytishi kutilayotgandi. Ammo MLS klubi unga taklif yuborsa, Harvey okean ortiga yo‘l olishi ehtimoli bor.

Ma’lumot uchun, Harvey Emery boshchiligidagi jamoada barcha musobaqalar doirasida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting