Elliot «Liverpool»ga qaytadi
Joriy mavsum futbolchi 7 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol urdi.
ФОТО: Getty images
Huquqiy jihatdan “Liverpool”ga tegishli bo‘lgan yarim himoyachi Harvey Elliot yanvarda “qizillar” safiga qaytadi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, birminhem klubi futbolchidan ko‘ngli to‘lmagan va transfer oynasi ochilishi bilan u bilan tuzilgan kelishuvni bekor qiladi.
Ma’lumot uchun, Elliot 2019 yilda “Fulham”dan “Liverpool”ga 1,7 million yevro evaziga transfer qilingan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsum futbolchi 7 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol urdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist