Elliot «Leyptsig» bilan kelishuvga erishdi
Фото: Getty Images
Liverpul yarim himoyachisi Xarvi Elliot faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettirishi mumkinligi haqida jurnalist Florian Plattenberg xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Elliot "Leyptsig" bilan shaxsiy shartnoma shartlari borasida kelishuvga erishgan. Agar munosib taklif tushsa, mersisaydliklar ham u bilan xayrlashishga tayyor.
Qayd etilishicha, "qizillar" futbolchining transferidan kamida 50 million funt ishlab olmoqchi. Nemis klubi Xavi Simonsga o‘rinbosar sifatida ingliz futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishni xohlamoqda.
Ma'lumot uchun, Elliot 2019 yildan buyon "Liverpul" safida to‘p surmoqda. U o‘tgan mavsum APL doirasida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist