locale OZ

Elliot Anderson Angliya g‘alabasidan so‘ng marhum onasini yodga oldi

23 yoshli futbolchining onasi Helen Anderson joriy yilning aprel oyida og‘ir xastalikdan so‘ng vafot etgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Elliot Anderson Angliya g‘alabasidan so‘ng marhum onasini yodga oldi
Foto: Getty Images

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Elliot Anderson Meksika ustidan qozonilgan 3:2 hisobidagi g‘alabadan va JCh-2026 chorak finaliga yo‘l olinganidan so‘ng marhum onasi xotirasiga bag‘ishlangan ta’sirli fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

23 yoshli futbolchining onasi Helen Anderson joriy yilning aprel oyida og‘ir xastalikdan so‘ng vafot etgan edi. Andersonning aytishicha, maydonga tushish unga og‘ir damlarni yengib o‘tishga yordam bermoqda.

“Ha, bu men uchun juda hissiyotli lahza. Hayotimda ko‘p narsa sodir bo‘ldi, ammo maydonga tushganimda xayolim biroz bo‘lsa ham tinchiydi. Umid qilamanki, shu yo‘lda davom etamiz”, — dedi Anderson.

Futbolchi onasi bugungi natijadan faxrlanishini ham ta’kidladi.

“Albatta, u biz bilan birga bu g‘alabani nishonlagan bo‘lardi. Oilam bilan qo‘shiqlar aytib, xursand bo‘lardi. U men bilan faxrlangan bo‘lardi”, — deya qo‘shimcha qildi Anderson.

Ma’lumot uchun, Angliya chorak finalda Norvegiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting