Elit OChL. «Traktor»dan g'alaba, Hamrobekov 86 daqiqa maydonda harakat qildi
Forslarning ochkolari soni 14 taga yetdi.
ФОТО: Getty images
Elit Osiyo Chempionlar ligasi 6-turida Eronning “Traktor” klubi iroda ko‘rsatib, g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Forslar o‘z maydonida Qatarning “Ad Duhayl” jamoasini qabul qilib, 2:1 hisobida zafar quchdi.
Ushbu bahsda O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Hamrobekov asosiy tarkibda maydonga tushib, 86 daqiqa davomida harakat qildi. Shuningdek, u hakam tomonidan bir bor ogohlantirildi.
Natijada “Traktor” ochkolarini 14 taga yetkazdi. Qatar klubi esa 7 ochko bilan 6-pog‘onada qoldi.
Elit OChL. 6-tur.
Traktor (Eron) — Ad Duhayl (Qatar) 2:1
Gollar: Xalilzoda (51), Husaynzoda (90+3) — Burigo (35, penalti).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist