Elit OCHL. «Sharja» — «Nasaf» bahsini o‘monlik hakamlar boshqaradi
Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da start oladi.
ФОТО: Getty images
“Nasaf” jamoasi 16-fevral kuni Elit Chempionlar Ligasi musobaqasining 8-turi doirasida BAAning “Sharja” klubi bilan kuch sinashadi. Ushbu uchrashuvni Umondan kelgan hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
OFK Chempionlar Ligasi Elit. 8-tur
Sharja – Nasaf
Bosh hakam: Ahmed Abu Bakar Said Al Kaf (Umon);
Qanot hakamlari: Al Amri Abu Bakar Salim Mahad va Rashid Hamed Ali Al Gayti (Umon);
To‘rtinchi hakam: Mahmud Salim Said Humayd Al Majarafi (Umon);
Uchrashuv komissari: Fahad Albarrak (Quvayt);
Yordamchi hakam: Alshalvay Abdulla Mutlaq (Saudiya Arabistoni).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist