locale OZ

Elit OCHL. «Nasaf» turnirdagi ilk g‘alabasini tantana qildi, ammo yurishini guruh bosqichida yakunladi

"Ajdarlar" 4 ochkoga ega bo‘lishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Elit OCHL. «Nasaf» turnirdagi ilk g‘alabasini tantana qildi, ammo yurishini guruh bosqichida yakunladi
Фото: Насаф ПФК

Elit Osiyo Chempionlar ligasi 8-turida "Nasaf" BAAda "Sharja" mehmoni bo‘ldi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

30-daqiqada Zafarmurod Abdiraҳmatovning uzatmasidan so‘ng Bobir Abdixo‘liqov gol urdi.

80-daqiqada Kayo Lukas muvozanatni penaltidan urilgan gol evaziga tikladi. Ammo 87-daqiqada Diyorbek Abdunazarov qanotdan yorib kirib, o‘zining kuchli zarbasi bilan "ajdarlar"ga 3 ochko keltirgan g‘alaba golining muallifi bo‘ldi.

Shunday qilib, "Nasaf" 4 ochko bilan 11-o‘ringa ko‘tarildi. "Sharja" esa 8 ochko bilan 9-o‘rinni egalladi va umumiy bosqichdayoq ishtirokini yakunladi.

Elit OChL. 8-tur
Sharja - Nasaf - 1:2
Gollar: 30' 0:1 - B. Abdixo‘liqov (Z. Abdiraҳmatov), 80' 1:1 - Kayo Lukas (penaltidan), 87' 1:2 - D. Abdunazarov (S. Bahromov).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting