Elit OChL. «Nasaf» safarda «Shabab Al Ahli»ga magʻlub boʻldi
Elit Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turidan oʻrin olgan bahsda Qarshining «Nasaf» klubi safarda «Shabab Al Ahli» mehmoni boʻldi va yirik 4:1 hisobida magʻlubiyatga uchradi.
Mezbonlardan gollarga Federiko Kartabia, Renan, Mateusao, va Breno Kaskardo mualliflik qildi. «Ajdarlar»ning yagona javob to'pi esa Zafarmurod Abdurahmatov tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, «Shabab Al Ahli» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 7 taga yetkazib, onlayn turnir jadvalida ikkinchi oʻringa koʻtarilib oldi. «Nasaf» esa 0 ochko bilan soʻnggi 12-o‘rinda bormoqda.
Elit OChL. 3-tur
«Shabab Al Ahli» — «Nasaf» 4:1
Gollar: Kartabia (8), Renan (27), Mateusao (41), Kaskardo (90+5) — Abdurahmatov (10).
Shabab Al Ahli — Hamad Abulla, Bogdan Planich, Said Izzatullohi (Serxio Damian Grana, 85), Munas Dabbur (Tiago Skarpino, 85), Federiko Kartabia, Renan Viktor, Lima (Breno Kaskardo Lemos, 71), Mersad Seifi (Igor Gomes, 71), Mateus Silva (Kavan Silva, 71), G.Bala, Nemanya Maksimovich.
Nasaf— Oleksandr Vorobey, Alibek Davronov, Adenis Shala (Husayn Norchayev, 62), Zafarmurod Abdirahmatov (Diyorbek Abdunazarov, 80), Dragan Cheran, Sharof Muhitdinov (Oybek Bozorov, 46), Igor Golban (Javohir Sidiqov, 62), Sardorbek Bahromov, Shuxrat Muhammadiyev (Stefan Cholovich, 46), Sherzod Nasrullayev, Umarbek Eshmurodov.