locale OZ

Elit OChL. «Nasaf» Qarshida «Al-Hilol»ga imkoniyatni boy berdi

Berdiyev jamoasi ikkinchi bor mag'lub bo'ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Elit OChL. «Nasaf» Qarshida «Al-Hilol»ga imkoniyatni boy berdi
Фото: Насаф ПФК

Elit Osiyo Chempionlar Ligasi 2-tur doirasidagi “Nasaf” – “Al-Hilol” uchrashuvi yakunlandi. Uchrashuvda mehmonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Hisob 21-daqiqada ochildi. “Al-Hilol” futbolchisi Sergey Milinkovich-Savich Abduvohid Ne'matovning xatosidan unumli foydalandi va darvozani ishg‘ol qildi. Ammo 27-daqiqada “Nasaf” javob qaytardi. Sardorbek Bahromov taxminan 20 metr masofadan kuchli zarba yo‘llab, Yassin Bunu darvozasiga yo‘l topdi — 1:1.

Birinchi bo‘lim yakuniga kelib, mehmonlar Theo Ernandesning golidan so‘ng hisobda oldinga chiqib oldi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Javohir Siddiqov va Dragan Cheran kabi futbolchilar zaxiradan maydonga tushirildi. 60-daqiqada aynan Siddiqov hisobni tenglashtirdi — 2:2. Ammo 79-daqiqada “Al-Hilol” qarshi hujum orqali ustunlikni yana o‘z qo‘liga oldi. Saudiya Arabistoni klubi hujumchisi Markos Leonardo tezkor hujumni aniq zarba bilan yakunlab, jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi.

Uchrashuv 3:2 hisobida “Al-Hilol” foydasiga yakunlandi.

Elit Osiyo Chempionlar Ligasi
2-tur

“Nasaf” — “Al-Hilol” 2:3
Gollar: 0:1 — Savich (21), 1:1 — Bahromov (27), 1:2 — Ernandes (45+2), 2:2 — Siddiqov (60), 2:3 — Leonardo (79).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting