locale OZ

Elit OChL: «Nasaf» o‘z maydonida imkoniyatni boy berdi

Ushbu natijadan so‘ng «Nasaf» o‘z hisobidagi 0 ochko bilan guruhda so‘nggi o‘rinda qolmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Elit OChL: «Nasaf» o‘z maydonida imkoniyatni boy berdi
Фото: Насаф ФК

Qarshining «Nasaf» klubi Elit Osiyo chempionlar ligasining 5-turida «Traktor» jamoasiga 0:1 hisobida mag’lub bo’ldi. «Markaziy» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdagi yagona gol o‘yin taqdirini hal qildi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida mehmonlar yarim himoyachisi Regi Lushkya himoyadagi xatolikdan foydalanib hisobni ochdi. O‘yin davomida mezbonlar muvozanatni tiklashga uringan bo‘lsa-da, hisob o‘zgarmadi. Ushbu natijadan so‘ng «Nasaf» o‘z hisobidagi 0 ochko bilan guruhda so‘nggi o‘rinda qolmoqda va musobaqaning keyingi bosqichiga chiqish imkoniyati keskin pasaydi.

Elit OChL. 5-tur
Nasaf – Traktor 0:1
Gol: Regi Lushkya 17

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting