Elit OChL. «Al Ittihod» mavsumdagi ilk gʻalabasini qoʻlga kiritdi, «Traktor» ham yirik hisobda zafar quchdi
Elit Osiyo Chempionlar ligasi 3-turidan oʻrin olgan bir qator uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
Jumladan, Odil Hamrobekov toʻp suradigan «Traktor» klubi safarda «Sharja» mehmoni boʻlib, yirik 5:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Shuningdek, «Al Ittihod» ham safarda «Al Shorta»ni 4:1 hisobida magʻlub etdi. «Al Vahda» esa oʻz maydonida «Al Duhayl»dan 3:1 hisobida ustun keldi.
Ushbu natijadan soʻng «Traktor» oʻz ochkolari hisobini 5 taga yetkazib, onlayn turnir jadvalida 4-o‘ringa koʻtarilib oldi. «Sharja» esa 4 ochko bilan 6-oʻrindan joy oldi.
«Al Ittihod» esa mavsumdagi ilk gʻalabasini qoʻlga kiritib, 3 ochko egasiga aylandi va 7-oʻringa joylashdi. «Al Shorta» esa 1 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.
«Al Vahda»ning hisobida esa 7 ochko mavjud va klub 2-o‘rinda bormoqda. «Al Duhayl» esa 1 ochko bilan 10-o‘rinni band etgan.
Elit OChL. 3-tur
«Sharja» — «Traktor» 0:5
Gollar: Lyushkiya (8, 11), Hoshiminajod (40), Ismoilifar (45+3), Kozimayni (85).
«Al Shorta» — «Al Ittihod» 1:4
Gollar: Shokir (5) — Diabi (17), Fabinio (29), Auar (60, 76).
«Al Vahda» — «Al Duhayl» 3:1
Gollar: Harbin (35, penalti), Diarra (45+2), Zuhir (67) — Piontek (20).