locale OZ

Elit OCHL: «Al-Ahli» ketma-ket ikkinchi bor final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

O‘yinda jami 3 ta gol urildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Elit OCHL: «Al-Ahli» ketma-ket ikkinchi bor final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
ФОТО: Getty images

Markazlashtirilgan tartibda o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha Elit Osiyo Chempionlar ligasining hal qiluvchi bosqichi boshlandi.

Musobaqaning yarim final bosqichidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvda Jiddaning “Al-Ahli” hamda Yaponiyaning “Vissel Kobe” klublari o‘zaro bahs olib bordi.

Bu bellashuvda saudiyaliklar 2:1 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi. Galeno va Touni gol urdi.

Shu tariqa, Jidda klubi ketma-ket ikkinchi bor ushbu nufuzli turnirning finaliga yo‘l oldi.

Elit OCHL. Yarim final
“Vissel Kobe” (Yaponiya) – “Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni) – 1:2
Gollar: Muto (31) – Galeno (62), Touni (70).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting