locale OZ

Elie Vai JCh-2026 doirasidagi Germaniyaga qarshi o‘yin oldidan Kanada hududiga kirishga ruxsat oldi

Avvalroq u totalizatorga pul tikkanlikda ayblangandi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Elie Vai JCh-2026 doirasidagi Germaniyaga qarshi o‘yin oldidan Kanada hududiga kirishga ruxsat oldi
FOTO: Getty Images

Kot-d'Ivuar futbol federatsiyasi (FIF) matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida terma jamoa hujumchisi Elie Vaining Kanada hududiga kirish uchun barcha zaruriy ruxsatnomalarni qo‘lga kiritganini e’lon qildi. Kot-d'Ivuar termasi 20-iyun kuni aynan Kanada mezbonlik qiladigan JCh-2026 guruh bosqichi 2-turi doirasida Germaniyaga qarshi maydonga tushadi.

«FIF ushbu masalaning ijobiy hal etilganidan juda mamnun va mazkur muammoni bartaraf etishga hissa qo‘shgan barcha tomonlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi», — deyiladi tashkilot bayonotida.

RMC Sport nashrining aniqlik kiritishicha, Marsel prokuraturasi «Nissa» klubi hujumchisi «Nissa» — «Mets» (0:0) uchrashuviga oid sport garovlari (stavka) ishi bo‘yicha «hech qanday tergov ostida emasligi va unga nisbatan hech qanday sud jarayonlari olib borilmayotgani» haqida rasmiy hujjat taqdim etganidan so‘ng, Vaining Kanadaga kirishiga ruxsat berilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning may oyida Vai «Nissa» — «Mets» o‘yini atrofidagi shubhali garovlar yuzasidan olib borilayotgan tergov doirasida so‘roq qilinish uchun chaqirilgan edi. Hujumchiga rasmiy ayblov qo‘yilmagan bo‘lsa-da, u hamon gumonlanuvchilar ro‘yxatida qolmoqda.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting