locale OZ

Eli Junior Krupi faoliyatini Lionda davom ettirishi mumkin

Bornmut futbolchisiga Fransiya klubi qiziqish bildirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eli Junior Krupi faoliyatini Lionda davom ettirishi mumkin
Photo: gettyimages

"Lion" tarkibi qishki transferlar davrida yangi futbolchi bilan to‘ldirilishi mumkin. Gap "Bornmut" forvardi Eli Junior Krupi haqida ketmoqda. Bu haqda Jeunes Footeux xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "Lion" rahbariyati hujum chizig‘i yetakchisi Jorj Mikautadze yozda jamoani tark etganidan keyin hujumchi qidirmoqda. Krupi asosiy variant sifatida ko‘rib chiqilmoqda. "To‘quvchilar" 19 yoshli fransuz uchun qishda "Bornmut"ga taklif bilan chiqishi mumkin.

Krupi yozda "Loryan"dan "Bornmut"ga ko‘chib o‘tgandi. Ingliz klubi safida u bor-yo‘g‘i to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, gol ura olmadi. Transfermarkt portali hujumchining narxini 15 mln yevroga baholamoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting