locale OZ

«Elfsborg» klubi darvozaboni Simon Eriksson «Real» qiziqishlari doirasiga tushdi

Avvalroq Kurtua 2027 yilda «Real»ni tark etishi mumkinligi ma'lum qilingandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Elfsborg» klubi darvozaboni Simon Eriksson «Real» qiziqishlari doirasiga tushdi
photo: gettyimages

Shvetsiyaning «Elfsborg» klubi darvozaboni Simon Eriksson «Real» qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda Defensa Central nashri xabar berdi.

Madrid klubi 19 yoshli futbolchini Tibo Kurtuaga o'rinbosar sifatida ko'rib chiqmoqda. «Qaymoqranglilar» vakillari yosh shvetsiyalik posbonning rivojlanishini kuzatishda davom etadi va yaqin kelajakda uni o'z safiqa qo'shib olishga harakat qilishi mumkin.

Eriksson yakunlangan Shvetsiya chempionatida «Elfsborg» safida 20 ta o'yinda maydonga tushib, jami 30 ta gol o'tkazib yuborgan. Transfermarkt mutaxassislari ma'lumotlariga ko'ra, darvozabonning narxi 500 ming yevroni tashkil etadi.

Avvalroq Kurtua 2027 yilda «Real»ni tark etishi mumkinligi ma'lum qilingandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting