locale OZ

Eldor Shomurodovning ustozi Italiya terma jamoasini boshqarishdan bosh tortdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eldor Shomurodovning ustozi Italiya terma jamoasini boshqarishdan bosh tortdi
FOTO: Getty Images

“Roma”ning sobiq bosh murabbiyi, hozirda klub boshqaruvida ishlayotgan Klaudio Ranyeri Italiya terma jamoasini boshqarish taklifini rad etdi. Bu haqda jurnalist va insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

“Prezident Gravinaga terma jamoaga taklif qilgani uchun minnatdorlik bildiraman. Bu katta sharaf, lekin men bu haqda o'ylab ko'rdim va yangi lavozimda to'liq “Roma” ixtiyorida qolishga qaror qildim”, - deydi Ranyeri.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Luchiano Spaletti Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste'foga chiqishi ma'lum bo'lgandi. Mutaxassis 2023-yilning sentyabr oyidan buyon italyanlarni boshqarib kelayotgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting