Eldor Shomurodovning goli “Roma”ning eng yaxshilari qatoriga kiritilmadi


Italiyaning “Roma” klubida to‘p surgan Eldor Shomurodov joriy mavsumda muvaffaqiyatli harakat qilgan futbolchilardan biri bo‘lsa-da, klubning rasmiy Instagram sahifasida e’lon qilingan eng yaxshi gollar ro‘yxatida uning nomi qayd etilmadi.
Shomurodov o‘tgan mavsumda 7 ta gol urdi. Uning hisobida “Verona” va “Atletik”ga qarshi o‘yinlardagi g‘alaba gollari, shuningdek, “Yuventus” va “Ayntraxt”ga qarshi uchrashuvlardagi muhim gollar mavjud. Biroq bu natijalar “Roma” media jamoasi uchun yetarli emasdi.
Taqdim etilgan top-5 ro‘yxatdan klub sardori Pellegrini, himoyachi Anxelino, zaxiradan maydonga tushgan Dybala, Eldorning o‘rnini egallagan Dovbik va argentinalik hujumchi Sulening gollari joy oldi.
— Barcha gollar chiroyli, lekin muhimligi bilan har doim ajralib turgan Shomurodovning gollari ro‘yxatda yo‘qligi — hayratlanarli, — deb ta’kidlashmoqda muxlislar.
Ma’lumot uchun, Eldor mavsum davomida ikki marta jamoa muxlislari tomonidan “haftaning eng yaxshi futbolchisi” deb topilgan edi. Agar gollarni ham muxlislar tanlaganida, Shomurodov nomini ro‘yxatda ko‘rish ehtimoli yuqori edi.

Futbol
Kecha da 15:55

Futbol
Kecha da 13:50

Futbol
Kecha da 10:19