Eldor Shomurodovning «Galatasaray»ga qarshi o‘yini qanday baholandi?
Uchrashuvda Istanbul klubi g‘alaba qozondi.
ФОТО: Getty images
“Bashakshehir” safida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining 9-turi doirasida “Galatasaray”ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi.
Shomurodov uchrashuvda jamoasining yagona goliga mualliflik qildi. Biroq o‘yin 2:1 hisobida “Galatasaray” futbolchilarining g‘alabasi bilan yakunlandi. Leroy Sane amaldagi chempionlar safida dublini rasmiylashtirdi.
Uning o‘yinidagi harakatlari Sofascore tomonidan 7,0 ball bilan baholandi. “Bashakshehir” safida Eldor ikkinchi eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘ldi.
Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi “Galatasaray” a’zosi Leroy Sane deb topildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist