locale OZ

Eldor Shomurodov: Zamonaviy futbolda hammasiga tayyor turish kerak, himoyada ham hujumda ham bir xil harakat qilish lozim

O'zbekiston sardori Misr bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eldor Shomurodov: Zamonaviy futbolda hammasiga tayyor turish kerak, himoyada ham hujumda ham bir xil harakat qilish lozim
photo: UFA

Misr - O'zbekiston 0:2 o'yinidan keyin Eldor Shomurodov fikr bildirdi.

" Birinchi bo'lim katta ustunlik biz tomonda bo'ldi. Ikkitadan ko'p gol ursak ham bo'lar edi. Yetarlicha vaziyatlarga ega bo'ldik. Dastlabki taymni yutib olganimizdan keyin, ikkinchisida ko'proq himoyaga e'tibor qaratdik. Raqib ham taktikasini o'zgartirdi. Shuning uchun ham boshida sal tashabbusni Misrga berib qo'ydik. Asosiysi gol o'tkazmadik.

Vaziyatlarni golga aylantirishda xato bo'ldi deb o'ylayman. Eng asosiysi vaziyatlarni yaratish. Buni uddaladik. Bu esa Oston O'runov bilan ham va boshqalar bilan ham bir-birimizni yaxshi tushunib xarakatlanayotganimizdan darak beradi deb o'ylayman.

Pressing qilishga harakat qildik, lekin har xil o'yin bo'ladi. Aytganimdek birinchi bo'limni pressing bilan tashabbusni o'z qo'limizga olib harakat qildik, lekin ikkinchi bo'limda ko'proq himoyaga e'tibor qaratdik. Zamonaviy futbolda hammasiga tayyor turish kerak, himoyada ham hujumda ham bir xil harakat qilish kerak. Chunki ba'zi bir o'yinlarda pressing qilib o'ynashga to'g'ri kelsa, ba'zilarida raqibdan kelib chiqib himoyada o'ynashga to'g'ri keladi",-dedi O'zbekiston milliy jamoasi sardori.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting