locale OZ

Eldor Shomurodov yaqin do‘sti bilan samimiy xayrlashdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram

Claudio Ranieri o‘zining oxirgi uy uchrashuvidan so‘ng “Roma” muxlislari bilan rasmiy xayrlashdi.

Eldor Shomurodov uchun bu o‘zi ishonadigan va eng yaxshi murabbiylardan biri bilan ajralish bo‘ldi. Uning faoliyatida muhim o‘rin tutgan ustoz endi jamoaning bosh murabbiyi emas.

37-tur doirasida “Olimpico”da “Milan”ga qarshi o‘tkazilgan o‘yin (3:1) Ranieri uchun rimliklar bosh murabbiyi sifatidagi so‘nggi uchrashuv bo‘ldi. 73 yoshli mutaxassis ushbu bahsdan so‘ng jamoani tark etdi.

“Roma” muxlislari murabbiyini iliq kutib olishdi — tribunada “Claudio Ranieri Roma” va “Ranieri – bizdan birimiz, siz bizning yuragimiz va tayanchimizsiz” kabi bannerlar namoyon bo‘ldi. Yana bir bannerda Ranieri Francesco Totti, Daniele De Rossi va Lorenzo Pellegrini bilan birga tasvirlangan edi.

Murabbiy ikki nabirasi bilan maydonga chiqdi, bu esa onglardan o‘rin olgan samimiy manzaraga aylandi.

O‘yindan so‘ng Ranieri muxlislarga murojaat qildi:
“60 yildan ortiq vaqt oldin men ham ular orasida edim. Sizlarga minnatdorchilik bildiraman. Biz birgalikda yaxshi ish qildik. Endi faqat so‘nggi qadam qoldi. Bu bolalar bilan faxrlanaman — ular ilk kundan boshlab menga ergashishdi. Eng muhimi esa — sizning muhabbatingiz bizga qanday kerakligini tushunishingiz. Cheksiz rahmat sizlarga”.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting