locale OZ

Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining birinchi davra ramziy tarkibidan joy oldi

Shomurodov 12 ta gol urdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining birinchi davra ramziy tarkibidan joy oldi
ФОТО: Getty images

Turkiya Superligasining birinchi davrasi yakunlariga ko'ra shakllantirilgan mavsumning eng yaxshi futbolchilari ro'yxatidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov joy oldi.

Ma'lumot uchun, Eldor Shomurodov joriy mavsumda Turkiya maydonlarida ajoyib o‘yin namoyish etib, 12 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 3 ta golli uzatma berdi.

Ramziy jamoadan Shomurodovning asosiy ta’qibchilaridan biri, Nigeriyalik hujumchi Pol Onuachu ham o‘rin olgan. Shuningdek, ro‘yxatda Superliganing boshqa nomdor yulduzlari, jumladan, Leroy Sane, Marko Asensio va Milan Shkrinyar kabi grand klublarning yetakchi o‘yinchilari ham qayd etilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting