Eldor Shomurodov Turkiya Superligasida mavsum to‘purari bo‘ldi
«Trabzonspor» hujumchisi Onuachu gol ura olmadi va Eldorni quvib o‘ta olmadi.
photo: gettyimages
Turkiya Superligasi
16.05.2026, Yak.
Gaziantep FK
1
Istanbul Bashakshahar
2
Eldor Shomurodov Turkiya Superligasida mavsum to‘purari bo‘ldi.
Hozir tugagan o‘yinda «Trabzonspor» hujumchisi Onuachu gol ura olmadi va Eldorni quvib o‘ta olmadi. Nigeriyalik hujumchi oxirgi besh o‘yinda birortayam gol urolmagan bo‘lsa, Eldor so‘nggi 6 o‘yinda 6 gol muallifi bo‘ldi.

Shuningdek, Eldor penaltisiz gollar bo‘yicha ham, gol+pasdayam eng yaxshi ko‘rsatkichga ega.
Eldor Shomurodov Yevropa ligalarida to‘purar bo‘lgan ikkinchi o‘zbekdir. Avvalroq Maksim Shatskix ikki marta (2000, 2003) Ukraina chempionatida to‘purar bo‘lgandi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor