Eldor Shomurodov Turkiya Superligasi tur ramziy jamoasidan joy oldi
O‘zbekistonlik hujumchi chempionat to‘purarlari ro‘yxatini boshqarmoqda.
Фото: Getty Images
SofaScore portali Turkiya Superligasi 18-tur ramziy jamoasini tuzib chiqdi.
Ramziy jamoadan "Istanbul Basaksehir" hujumchisi Eldor Shomurodov (8,0) ham o‘rin oldi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Turkiya Superligasi 18-turidan o‘rin olgan "Fotiҳ Karagyumruk" bilan uchrashuvning (2:1) 15-daqiqasida raqib darvozasini ishg‘ol etgandi.
Hozirda u 13 ta gol bilan chempionat to‘purarlari ro‘yxatini boshqarmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist