locale OZ

Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tishga yaqin — manba

Unga asosiy da’vogar klub nomi ma’lum bo‘ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tishga yaqin — manba
Photo: Getty Images

Turkiyalik insayder Yagiz Sabuncuog‘lu xabar berishicha, O‘zbekiston terma jamoasi va “Roma” hujumchisi faoliyatini Istanbulda davom ettirishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, “Istanbul Bashakshehir” klubi Shomurodov bo‘yicha “Roma”ga taklif yuborgan. Tomonlar tez orada o‘zaro kelishuvga erishishi mumkin.

“Roma”ga Jan Piero Gasperini bosh murabbiy sifatida kelganidan so‘ng Eldorning ham jamoada kelajagi noaniq bo‘lib qoldi.

Bundan esa Turkiya klublari unumli foydalanmoqchi. “Istanbul Bashakshehir” asosiy nomzod sifatida qaralmoqda va ushbu kelishuvni yakunlamoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov o‘tgan mavsum “Roma” safida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 5 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting