locale OZ

Eldor Shomurodov “Roma”ni tark etadi

O‘zbek hujumchisi “Istanbul Bashakshehir” klubi bilan kelishuvga erishdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Italiyaning “Roma” klubida to‘p surayotgan Eldor Shomurodov jamoani tark etadi. Bu haqida mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Jurnalistlar tarqatgan ma'lumotlarga ko‘ra, Shomurodov Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubiga o‘tadi. Turklar o‘zbek hujumchisini 3 million yevroga ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Kelishuv shartlariga ko‘ra, klub futbolchini 4 million yevroga (3 million — transfer puli, 1 million — bonus) to‘liq sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, “Roma” futbolchining keyingi transferidan foiz oladi. Avvalroq Eldor Shomurodovning yangi klubdagi maoshi yiliga 2,5—3 million yevro atrofida bo‘lishi xabar qilingan edi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting