locale OZ

Eldor Shomurodov — “Roma”dagi yuksalishning asosiy qahramonlaridan biri

O‘zbekistonlik hujumchi rimliklar tarkibida muvaffaqiyatli ikkinchi yarim mavsumda muhim rol o‘ynadi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Kecha tun “Roma” Yevropa Ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Jamoa oxirgi turgacha Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib bordi — bu esa mavsum boshidagi muvaffaqiyatsiz natijalardan so‘ng kutilmagan natija edi.

Bu yuksalishda Eldor Shomurodov muhim o‘rin tutib, jamoa hujumidagi yetakchi figuraga aylandi. U intizom, ishtiyoq va jonbozlik ko‘rsatib, murabbiylar, jamoadoshlari va muxlislar ishonchini qozondi.

Shomurodovning mehnati e’tirof etildi — u 2025 yilning fevral va aprel oylarida fanatlar ovoz beruvi asosida “Roma”ning oy futbolchisi deb tan olindi. Aprel oyida “Yuventus” va “Verona”ga qarshi o‘yinlarda gol urdi, “Inter”ga qarshi bahsda esa golli pas berdi.

Eldor mavsum avvalidagi rotatsiya futbolchisidan jamoaning asosiy yetakchilaridan biriga aylandi. U barqaror o‘yin va natijaga ta’sir ko‘rsatish qobiliyatini namoyon etdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting