locale OZ

Eldor Shomurodov: \"Ranyeri? U juda buyuk inson\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eldor Shomurodov: "Ranyeri? U juda buyuk inson"
Photo: gettyimages

O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori va Rimning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov “bo'rilar”ning ko'rsatayotgan o'yin uslubi va bosh murabbiy haqida fikr bildirdi:

“Biz har doim agressiv o‘ynaymiz, bu jihat menga yoqadi. Kim maydonga tushishi muhim emas — eng asosiysi jamoaning g‘alabasi. Men Dovbik bilan ko‘p gaplashaman. Menimcha biz juftlikda yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqdamiz. Umuman olganda men kim bilan birga o‘ynashimdan qat’i nazar doim g‘alaba uchun harakat qilaman. Ranyeri? U juda buyuk inson. Uning mendan nimani kutayotganini yaxshi tushunaman va har doim ko‘rsatmalariga amal qilishga harakat qilaman”,-deydi Shomurodov

Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz ushbu mavsumda “Roma” tarkibida 4ta gol va 4 ta assist qayd etdi. Shuningdek Eldor 2 marta uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi va 2 marta “Roma”ning oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting