Eldor Shomurodov: «O'z o'yinimizni ko'rsatishga, to'pni ko'proq nazorat qilib, vaziyatlar yaratishga harakat qilamiz»
Jahon chempionati K guruhi 2-turidan o'rin olgan Portugaliya-O'zbekiston qarama-qarshiligi oldidan MilliyJamoa sardori Eldor Shomurodov rasmiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.
«Biz raqibimizning birinchi turdagi o'yinining natijasiga ahamiyat bermadik. Bu haqida hozir o'ylashning payti emas. Balki uchinchi turdan keyin buni muhokama qilarmiz, hozir biz uchun eng asosiysi ertangi bahs.
Kolumbiyaga qarshi birinchi bo'limda murabbiy ko'rsatmalarini to'liq bajarolmaganimiz evaziga xatolar kelib chiqdi, deb o'ylayman. Ertaga bunday xatolarni takrorlamasdan, o'z o'yinimizni ko'rsatishga, to'pni ko'proq nazorat qilib, vaziyatlar yaratishga harakat qilamiz»,-dedi futbolchi.
Eslatib o'tamiz Portugaliya-O'zbekiston bahsi 23-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.