locale OZ

Eldor Shomurodov MLS'ga yo‘l olishi mumkin

Shomurodov o‘tgan mavsum Turkiya Superligasida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eldor Shomurodov MLS'ga yo‘l olishi mumkin
Foto: Getty Images

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov faoliyatini AQSHda davom ettirishi mumkin. MLS vakili “Sent-Luis Siti” “Istanbul Bashakshehir” hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.

Turkiyalik jurnalist O‘g‘uz Oruch ma’lumotiga ko‘ra, Amerika klubi 31 yoshli o‘zbekistonlik hujumchini transfer qilishni istamoqda. Hozircha “Sent-Luis Siti” va “Bashakshehir” o‘rtasida kelishuvga erishilgani yoki rasmiy taklif yuborilgani haqida ma’lumot yo‘q.

Shomurodov o‘tgan mavsum Turkiya Superligasida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi. U 22 ta gol bilan “Trabzonspor” hujumchisi Pol Onuachu qatorida chempionatning eng yaxshi to‘purarlaridan biri bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Shomurodov 2025/26-yilgi mavsumni “Bashakshehir”da ijara asosida o‘tkazganidan so‘ng, 2026-yil yozida klub safiga to‘laqonli qo‘shildi. O‘zbekistonlik hujumchining Istanbul klubi bilan shartnomasi 2028-yil 30-iyungacha amal qiladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting