locale OZ

Eldor Shomurodov \"Istanbul\"ga o'tadi — manba

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eldor Shomurodov "Istanbul"ga o'tadi — manba
Фото: Getty Images

Eldor Shomurodov "Roma"dan "Istanbul"ga o'tishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 30 yoshli hujumchi 2,7 million yevroga sotib olish sharti bilan 3 million yevro evaziga ijaraga turk klubiga o'tadi.

Shuningdek, shartnomada Shomurodov keyinchalik sotilsa, "Roma"ga 10 foiz miqdorida mablag' ajratilishi nazarda tutilgan. O'zbekistonlik futbolchi yana bir yilga uzaytirish huquqi bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi.

O'tgan mavsumda Eldor Shomurodov Serie A doirasida 27 ta o'yinda 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting