locale OZ

Eldor Shomurodov \"Istanbul Basaksehir\" bilan ilk mashg'ulotini o'tkazdi

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Turkiyada faoliyatini rasmiy boshladi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov yangi jamoasi — Turkiyaning "Istanbul Basaksehir" klubida mashg‘ulotlarni boshladi. Forvard jamoa safidagi ilk mashg‘ulotida ishtirok etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, turk klubi Shomurodovni 3 million yevro evaziga ikki yilga ijaraga olgan. Shartnomada futbolchini 2,7 million yevroga sotib olish imkoni va yana bir yilga uzaytirish sharti ham mavjud. Shuningdek, kelgusi transferdan "Roma" klubi 10 foiz ulushga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov Italiyada "Roma", "Spezia", "Kalyari" kabi jamoalar safida to‘p surgan va Yevropada taniqli futbolchilardan biriga aylangan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting