locale OZ

Eldor Moyliyev: \"Mash’al\" bizning xatolardan unumli foydalanib g‘alaba qozondi\"

"Sho'rtan" bosh murabbiyi "Mash'al" bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eldor Moyliyev: "Mash’al" bizning xatolardan unumli foydalanib g‘alaba qozondi"
photo: Sho'rtan FK

Eldor Moyliyev: "Futbolda yutgan jamoaga yuqori baho qo‘yiladi"

Superliga 21-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Sho‘rtan" (2:1) uchrashuvidan so‘ng "Sho‘rtan" bosh murabbiyi Eldor Moyliyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqida fikringiz?

- Uchrashuv boshida vaziyatlar yaratib afsuski, bundan foydalana olmadik. Yo‘l qo‘ygan ikkita xatomiz tufayli qarshi hujumlarda gol o‘tkazib yubordik. Keyin yana harakat qildik, baribir foydasi bo‘ldi.

- O‘yin tempi past emasdi. Shunday o‘yinda VAR ishlamaganiga e’tirozingiz bormi?

- Bilishimcha, bu o‘yinda VAR bo‘lishi kerak edi. Ammo ishlamaganidan xabarim yo‘q.

- Qo‘shib berilgan daqiqalarda jamoangiz yaxshi harakat qildi. Lekin nega bahs boshidan "Sho‘rtan" shunday o‘yin ko‘rsatmayapti?

- O‘tkazib yuborilgan gollar yigitlarga qattiq ta’sir qilyapti. Shu bois harakatimizda sekinlik paydo bo‘lib qoldi. Bugun ham uchrashuvni yaxshi boshladik, vaziyatlar yaratdik, ammo gol o‘tkazib yuborgach ruhan tushkunlikka tushib qoldik.

- Bugun qaysi jamoaga yuqori baho qo‘ygan bo‘lardingiz?

- Bugun "Mash’al" bizning xatolardan unumli foydalanib g‘alaba qozondi. Shunday ekan, futbolda yutgan jamoaga yuqori baho qo‘yiladi, nazarimda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting