locale OZ

Eldor Adhamov: «Paxtakor»ga qarshi olgan bir ochkomiz — yaxshi natija»

"Andijon" darvozaboni "Paxtakor"ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Eldor Adhamov: “Paxtakorga qarshi olgan bir ochkomiz — yaxshi natija”
Фото: Андижон ПФК

Superliga doirasidagi "Andijon" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv durang bilan yakunlandi - 1:1. Ushbu o‘yindan so‘ng andijonliklar posboni Eldor Adhamov klub matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“O‘yin qizil kartochkagacha teng kurashlar ostida o‘tdi, deb o‘ylayman. Ularda ham, bizda ham hujumlar bo‘ldi. Lekin biz uchun ijobiy tugadi. Chunki "Paxtakor"ga qarshi safarda yoki uyda bir ochko ham yaxshi natija. Ular chempionlik uchun kurashayotgan, boy tarixga ega jamoa. Biroq o‘yin bo‘yicha ulardan qolishmadik, kerak bo‘lsa "Paxtakor" ham himoyalanishga majbur bo‘ldi. Raqib futbolchisi to‘pni uzoq burchakka tepadi, deb o‘ylagandim. Ammo u boshqa tarafga yo‘naltdi, chunki himoyachilarimiz o‘sha tomonda edi. Yaxshiki, omad kulib boqdi va xavfli zarbani bartaraf eta oldik. Lekin bu har bir darvozabonning o‘z vazifasi deb o‘ylayman, bunda ortiqcha hech narsa yo‘q”, — deya qo‘shimcha qildi posbon.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting