locale OZ

Eldor Adhamov bilan shartnoma muddati uzaytirildi

Adhamov “Andijon” tarkibida shu paytgacha hammasi boʻlib 81 ta oʻyin oʻtkazdi va 21 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eldor Adhamov bilan shartnoma muddati uzaytirildi
photo: Andijon fk

"Bizning sevimli jamoamizda yangi mavsum uchun katta ishtiyoq bilan olib borilayotgan oʻzgarishlar xususida oʻz vaqtida siz aziz muxlislarni xabardor etib kelmoqdamiz. Chunki ayni paytda eng avvalo seleksiya ishlaridagi yangiliklar barchani qiziqtirishi turgan gap.

Hozirgacha yangi kelayotgan futbolchilar bilan shartnomalar imzolanayotgani va safimizni tark etayotgan oʻyinchilar haqida rasmiy maʼlumotlar taqdim qilib boryapmiz.

Shu bilan bir qatorda shartnomasini uzaytirayotgan oʻyinchilar haqida ham siz aziz muxlislarni boxabar qilib boramiz.

Maʼlumki, 29 yoshli darvozabonimiz Eldor Adhamov 2020-yildan beri “Andijon” sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. 2021-yilni qoʻqonliklar safida boshlagach, yarim yildan keyin yana jamoamizga qaytgan va shundan buyon “Burgutlar” aʼzosi boʻlib kelmoqda.

Eʼtiborlisi, Adhamov bilan amaldagi shartnoma uzaytirildi va u 2026-yilgi mavsumda ham jamoamiz sharafini himoya qilishda davom etadi.

Adhamov “Andijon” tarkibida shu paytgacha hammasi boʻlib 81 ta oʻyin oʻtkazdi va 21 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlagan.

Ishonamizki, yangi mavsumda ham u jamoamizning gʻalabalariga munosib hissasini qoʻshadi",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting