locale OZ

Eldor Adhamov: 18 iyulgacha maksimal sport formasiga kirib olamiz

“Andijon” klubi ayni paytda Belarus poytaxti Minsk shahrida yozgi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazib kelmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eldor Adhamov: 18 iyulgacha maksimal sport formasiga kirib olamiz
photo: Andijon fk

Xabaringiz bor, “Andijon” klubi ayni paytda Belarus poytaxti Minsk shahrida yozgi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazib kelmoqda.

Ushbu tayyorgarlik jarayonlarida darvozabon Eldor Adhamov ham faol va jamoadoshlari singari katta ishtiyoq bilan mehnat qilyapti.

U mazkur o'tkazilayotgan yig'in borasidagi savollarga javob qaytardi.

- Eldor, jamoa bilan Minksdagi yig'inda bevosita ishtirok etyapsiz. Bu yerdagi tayyorgarlik jarayoni haqida to'xtalib o'tsangiz?

- Mashg'ulotlarimiz kuchayib boryapti. Xordiqdan keyin yanada kuchli sparring-raqiblar bilan o'ynaymiz. Barchada kayfiyat a'lo darajada va yuqori ishtiyoq bilan ishlayapmiz. Ushbu yig'inimiz albatta chempionat mobaynida o'zining foydasini beradi.

- Bunday yozgi yig'indagi asosiy e'tibor nimada, deb o'ylaysiz?

- Mavjud tanaffusdan keyin yig'inga kirishganmiz va asosiy e'tibor sport formamizni yaxshilab, ortda qolgan uchrashuvlardagi xatolar ustida ishlash hamda o'yinimizni bundan-da mukammal holatga keltirishdan iborat.

- Darvozabon yarim jamoa deb bejizga aytilmaydi. Aynan posbonlar uchun bunday yig'inda ko'proq nimani ustida ishlash muhim?

- Darvozabonlar ham o'z xato va kamchiliklarini bilgan holda bunday yig'inlar mobaynida ularni maksimal tuzatib, chempionatning qolgan qismiga har bir futbolchi kabi mukammal tarzda yetib borishi ayni muddaodir.

- Keyingi o'yin 18 iyul kuni bo'lib o'tadi. Ushbu vaqtga qadar sport formani ushlab turish juda muhim. Bu borada nima deya olasiz?

- Xudo xohlasa, 18 iyulgacha maksimal sport formaga kirib olamiz. Ungacha yetarlicha vaqtimiz hamda yetarlicha mashg'ulotlarimiz bor. Orada o'tkaziladigan o'rtoqlik uchrashuvlari ham albatta foydali bo'ladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting