locale OZ

«Elche» 10 kishi bo‘lib «Espanyol»ni mag‘lub etdi

«Elche» esa 10 kishi bo‘lib, qimmatli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
«Elche» 10 kishi bo‘lib «Espanyol»ni mag‘lub etdi
ФОТО: Getty images

Ispaniya chempionatining 7-turida «Espanyol» o‘z maydonida «Elche»ni qabul qildi.

Uchrashuv boshidayoq mehmonlar bir kishi kam bo‘lib qoldi. Federico Redondo qizil kartochka oldi. Shunga qaramay, «Elche» son jihatdan kamchilikda bo‘lsa ham birinchi bo‘lib hisobni ochdi.

26-daqiqada Roy Revivoning uzatmasidan keyin Fer Niño darvozani ishg‘ol qildi. Oradan uch daqiqa o‘tib, Niño yana bir bor gol urib, «Elche»ning ustunligini 2:0 ga yetkazdi.

72-daqiqada Viktor Chustning o‘z darvozasiga kiritgan to‘pi «Espanyol»ga umid bag‘ishladi. Biroq mezbonlarning son jihatdan ustunlikdan foydalanish harakatlari natija bermadi.

78-daqiqada Herman Valera «Elche»ning uchinchi golini kiritib, uchrashuvga nuqta qo‘ydi.

Qolgan daqiqalarda «Espanyol» hujumlarini kuchaytirdi, ammo vaziyatlardan samarali foydalana olmadi. «Elche» esa 10 kishi bo‘lib, qimmatli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting