locale OZ

Elanga «Nyukasl» bilan kelishuvga erishdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Elanga «Nyukasl» bilan kelishuvga erishdi
Photo: Getty Images

"Nottingem Forest" vingeri Entoni Elanga "Nyukasl"ga o'tadi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "Nyukasl" "Nottingem Forest" bilan 23 yoshli shved futbolchisining bonus to'lovlari bilan birga 63,8 million yevroga transferi bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgan.

Endilikda Elanga yangi jamoasi uchun tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak.

O'tgan mavsum Elanga “o'rmonchilar” safida barcha 38 uchrashuvda qatnashib, 6 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting