locale OZ

El-Klasikoni stadiondan tomosha qilish uchun eng kamida qancha to‘lash kerak?

Dinamik narxlash tizimi sabab talab ortgani sari chiptalar bahosi yanada oshishi mumkin.
El-Klasikoni stadiondan tomosha qilish uchun eng kamida qancha to‘lash kerak?
Foto: Getty Images

“Barselona” va “Real Madrid” o‘rtasidagi mavsumning ilk El-Klasikosi uchun chiptalar savdosi boshlandi. Dastlabki 48 soat davomida chiptalarni faqat “Barselona” klubi a’zolari — “sosios”lar xarid qilishi mumkin. Eng arzon chipta 649 yevroga baholangan bo‘lib, bu amaldagi kurs bo‘yicha qariyb 8,7 million so‘mni tashkil etadi. Bu haqda The Touchline xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, stadionning yuqori burchak sektorlaridagi chiptalar 649 yevrodan boshlanadi. Markaziy sektorlar uchun esa narx 1149 yevrogacha yetadi — bu qariyb 15,4 million so‘m degani. Dinamik narxlash tizimi sabab talab ortgani sari chiptalar bahosi yanada oshishi mumkin.

2026/27-yilgi mavsumdagi ilk El-Klasiko 25-oktabr kuni Spotify Camp Nou stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 21:00 da boshlanadi va La Liganing 10-turi doirasidan o‘rin olgan.

Ma’lumot uchun, El-Klasiko dunyo futbolidagi eng ko‘p tomosha qilinadigan qarama-qarshiliklardan biri hisoblanadi. Shu sabab uchrashuvga bo‘lgan talab odatda juda yuqori bo‘ladi va chiptalar narxi sektor, joylashuv hamda talab darajasiga qarab sezilarli farq qiladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting