locale OZ

El-klasiko uchun chipta narxlari ma’lum bo‘ldi

Mavsumdagi ilk Real Madrid va Barselona o‘yini kelasi hafta oxirida bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
El-klasiko uchun chipta narxlari ma’lum bo‘ldi
photo: gettyimages

Mavsumdagi ilk "el-klasiko" - "Real Madrid" va "Barselona" o‘yini kelasi hafta oxirida bo‘lib o‘tadi.

O‘yin "Real Madrid"ning uy maydonida bo‘lib o‘tadi va klub chiptalar narxini bir kun avval e’lon qildi. Eng maqbul variantlar 100 yevrodan boshlanadi, VIP kirish esa 990 yevroga tushadi.

Bu "Real Madrid" uchun so‘nggi yillardagi eng yuqori ko‘rsatkich, hattoki "Yuventus"ga qarshi Chempionlar ligasi o‘yinlari uchun ham VIP chiptalar narxi 440 yevrodan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” turnir jadvalida 21 ochkoga ega, “Barselona” esa 19 ochkoga ega.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting