Ekspert hakamlar qo'mitasi: \"Ilgiz Tantashev qiyin vaziyatda to'g'ri qaror qabul qilgan\"
PHOTO: Telegram
Superliganing 9-turidan o‘rin olgan “Andijon” — “Neftchi” uchrashuvining 31-daqiqasida baholash uchun qiyin vaziyat yuzaga keldi. Bosh hakam Ilgiz Tantashev ushbu holatda to‘g‘ri qarorni qabul qildi. VAR tizimi esa bu qarorni tasdiqladi.
“Neftchi” jamoasi hujumi vaqtida “Andijon” jarima maydonchasi ichida to‘qnashuv yuzaga keldi. Bosh hakam Ilgiz Tantashev o‘yinni davom ettirishga ruxsat berdi. Ushbu vaziyat VAR orqali tekshirilib, referining qarori to‘g‘ri ekani tasdiqlandi.
Ekspert hakamlar qo’mitasi qaroriga ko’ra, vaziyat to‘g‘ri baholangan.
Ibrohim Jalolov
Redaktor