locale OZ

Ekspert hakamlar guruhi xulosasi

Superliganing 10-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” — “Navbahor” uchrashuvida yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan quyidagicha xulosa berildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ekspert hakamlar guruhi xulosasi
photo: UzFHM

Superliganing 10-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” — “Navbahor” uchrashuvida yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan quyidagicha xulosa berildi.

Mazkur epizodda “Navbahor” himoyachisi hamda “Bunyodkor” jamoasining 9-raqamli futbolchisi to‘p uchun kurash olib bordi. Kurash jarayonida “Bunyodkor” futbolchisi yiqilgan holda qo‘li bilan to‘pni darvozaga yo‘llagan. Bosh hakam VAR chaqiruvidan so‘ng vaziyatni qayta ko‘rib chiqib, golni bekor qildi.

Ekspert hakamlar guruhi vaziyatni batafsil tahlil qilib, ushbu holatda o‘yin doirasidagi tabiiy kontakt mavjud bo‘lganini, qoidabuzarlik yoki qo‘pollik kuzatilmaganini qayd etdi. Shu bilan birga, to‘pning qo‘l bilan kiritilgani inobatga olinib, golni bekor qilish bo‘yicha bosh hakamning qarori to‘liq asosli deb baholandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting