locale OZ

Ekspert hakamlar guruhi xulosasi: Hakam «Nasaf» darvozasiga noto‘g‘ri penalti belgiladi

Ushbu epizod Ekspert hakamlar guruhi tomonidan batafsil o‘rganib chiqildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ekspert hakamlar guruhi xulosasi: Hakam «Nasaf» darvozasiga noto‘g‘ri penalti belgiladi
Фото: UzFHM

Superliga 6-turi doirasida o‘tkazilgan “Qo‘qon-1912” hamda “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda yuzaga kelgan bahsli vaziyat bo‘yicha Ekspert hakamlar guruhi o‘z xulosasini bildirdi.

Mazkur uchrashuvning 78-daqiqasida bosh hakam tomonidan “Nasaf” jamoasi darvozasi tomon penalti belgilangan edi. Ushbu epizod Ekspert hakamlar guruhi tomonidan batafsil o‘rganib chiqildi.

Ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, bosh hakam Rustam Lutfullin tomonidan penalti belgilash qarori xato deb topildi. Shuningdek, VAR hakami tomonidan ushbu vaziyatda to‘g‘ri aralashuv amalga oshirilmagani, ya’ni hakamni monitorga chaqirishda xatoga yo‘l qo‘yilgani qayd etildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting