locale OZ

EKL. «Istanbul Basaksehir» guruh bosqichiga chiqa olmadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
EKL. "Istanbul Basaksehir" guruh bosqichiga chiqa olmadi
Фото: Getty Images

Konferensiyalar Ligasi 4-saralash bosqichidan o‘rin olgan "Universitatya Krayova" va "Istanbul Basaksehir" o‘rtasidagi javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Yakunda mezbonlar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

O‘yin natijasiga ko‘ra, Ruminiya klubi guruh bosqichiga yo‘l oldi. Istanbul klubi esa turnirni tark etdi.

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq maydonda harakat qildi. Abbosbek Fayzullayev esa 63-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

EKL, 4-saralash bosqichi. Javob uchrashuvi
Universitatya Krayova — Istanbul Basaksehir 3:1
Gollar: Chikildu 9, Bayaram 9, Nsima 81 — Selke 7.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting