Ekkert — «Soutgempton» bosh murabbiyi
“Southampton” klubi rasmiy sayti jamoa bosh murabbiyi lavozimiga Tonda Ekkert tayinlanganini e’lon qildi. Shartnoma 2027 yilgacha imzolangan.
32 yoshli germaniyalik mutaxassis 3 noyabrdan buyon jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida “Southampton” 5 ta o‘yin o‘tkazdi: 4 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etdi.
“Bundan juda faxrlanaman. Ushbu futbol klubi vakili bo‘lish men uchun katta sharaf. O‘ylaymanki, biz ajoyib startga ega bo‘ldik va endi shu ruhda davom etishimiz kerak,” — deya qayd etdi Ekkert.
Ma’lumot uchun, Ekkert avvalroq “Southampton” yoshlar jamoasida (2025 yil iyul oyidan) ishlagan, shuningdek, “Jenoa”, “Barnsli” va “Bavariya”, “Leyptsig” hamda “Kyoln” yoshlar jamoalarida yordamchi bo‘lgan.