locale OZ

Ekitike «Liverpul» tarixida noyob natijaga erishdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ekitike «Liverpul» tarixida noyob natijaga erishdi
Фото: Getty Images

Fransiyalik hujumchi Ugo Ekitike so‘nggi 12 yil ichida “Liverpul” safida ilk uchta o‘yinida gol urishga muvaffaq bo‘lgan ikki futbolchidan biriga aylandi.

23 yoshli forvard Angliya Premer-ligasi 2-turi doirasidagi “Nyukasl”ga qarshi bahsning (3:2) 46-daqiqasida o‘zining “qizillar” safidagi navbatdagi golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Avvalroq u Angliya Superkubogi doirasida “Kristal Pelas”ga qarshi o‘yinda (2:2, penaltilar seriyasi – 2:3) hamda APLning 1-turidagi “Bornmut”ga qarshi bellashuvda (4:2) raqib darvozasini ishg‘ol qilgan edi.

Ekitikedan avval bunday natijaga “Liverpul” safida faqatgina ingliz hujumchisi Daniel Starrij erishgan. U 2013 yilda “Chelsi”dan “qizillar” jamoasiga o‘tgan va klub safidagi dastlabki to‘rt uchrashuvda ham gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Ekitike hozirgacha mersisaydliklar safida 3 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting