Ekitike faoliyatini «Real»da davom ettirishi mumkin
«Liverpul» hujumchisi Ugo Ekitike Angliya klubidagi muvaffaqiyatli debyutidan so‘ng Madridning «Real» klubi e’tiboriga tushdi. Ispaniya grandi futbolchining rivojlanishini diqqat bilan kuzatib bormoqda va uni sotib olish imkoniyatlarini baholamoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Ekitike 2025 yilning iyul oyida Germaniyaning «Ayntraxt» klubidan «Liverpul» safiga kelib qo‘shilgan edi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv olti yilga mo‘ljallangan bo‘lib, 2031 yilning iyuniga qadar amal qiladi.
Faoliyati davomida «Reyms» va «PSJ» kabi klublarda ham to‘p surgan Ekitike, joriy mavsumda mersisaydliklar safida barcha turnirlar doirasida 42 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu bahslarda 17 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, ayni damda Ekitikening bozor qiymati 90 million yevroni tashkil etmoqda.